Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh–2018 saralash. Yevropa: Serbiya va Ispaniyada navbatdagi g‘alabalar. Turkiya o‘ziga kelmoqdami?
Butun dunyo bo‘ylab 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan Yevropadagi uch guruhda 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
«D» guruhi
Ushbu guruhda Serbiya safardan eng yaqin ta'qibchilaridan biri ustidan g‘alaba bilan qaytdi va Rossiya maydonlariga borish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilib oldi.
Avstriya - Gruziya 1:1 (1:1)
Gollar: Shaub (43) - Gvilia (8)
Irlandiya - Serbiya 0:1 (0:0)
Gol: Kolarov (55)
Moldova - Uels 0:2 (0:0)
Gollar: Robson-Kanu (80), Remzi (90+3)
Keyingi o‘yinlar:
06.10. Gruziya - Uels, Avstriya - Serbiya, Irlandiya - Moldova
09.10. Moldova - Avstriya, Serbiya - Gruziya, Uels - Irlandiya
«G» guruhi
Ushbu tur guruh favoritlari Ispaniya va Italiya terma jamoalarining navbatdagi g‘alabalari bilan yodda qoldi. Guruhda so‘nggi turning so‘nggi soniyasigacha kurash bo‘lishi tabiiy.
Italiya - Isroil 1:0 (0:0)
Gol: Immobile (53)
Lixtenshteyn - Ispaniya 0:8 (0:4)
Gollar: SerxioRamos (3), AlvaroMorata (15, 54), Isko (16), David Silva (39), IagoAspas (51, 63), Goppel (89-avtogol)
Makedoniya - Albaniya 1:1 (0:0)
Gollar: Traykovski(78-pen.) - Roshi (53)
.
Keyingi o‘yinlar:
06.10. Italiya - Makedoniya, Lixtenshteyn-Isroil, Ispaniya - Albaniya
09.10. Albaniya - Italiya, Isroil - Ispaniya, Makedoniya - Lixtenshteyn
«I» guruhi
O‘tgan turda birinchi pog‘onani egallagan Ukraina Islandiyada mag‘lubiyatga uchrab, to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Turklar esa guruh favoritlaridan biri — Xorvatiya ustidan g‘alaba qozonib, JChga chiqish uchun o‘z imkoniyatlarini yaxshilab olishdi.
Islandiya - Ukraina 2:0 (0:0)
Gollar: Sigurdsson(47, 66)
Kosovo - Finlyandiya 0:1 (0:0)
Gol: Pukki (83)
Turkiya- Xorvatiya 1:0 (0:0)
Gol: JyenkTo‘sun(75)
Keyingi o‘yinlar:
06.10. Xorvatiya - Finlyandiya, Kosovo - Ukraina, Turkiya - Islandiya
09.10. Finlyandiya - Turkiya, Islandiya - Kosovo, Ukraina - Xorvatiya
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:08 / 06.05.2025