Jamiyat | 14:07 / 07.09.2017
5761
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi sayyor qabullarda 300ga yaqin masala muhokama qilinmoqda

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot

5-7 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi a'zolari Qoraqalpog‘iston respublikasi aholisi bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabullar o‘tkazmoqda. Ta'kidlash joizki, sayyor qabullar Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir, Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Ellikqal'a, Amudaryo va Xo‘jayli tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda. 

Sayyor qabullarda 30dan ziyod vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etmoqda. 

Hozirga qadar tadbirlarda Qoraqalpog‘istonda istiqomat qiluvchi aholi bilan 300ga yaqin masala muhokama qilindi. 

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Murojaatlarning aksariyat qismi mazmuni ish bilan bandlik, pensiya, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarning to‘lanishi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta'minotidagi uzilishlar, tibbiy xizmat, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, yo‘llarni ta'mirlash va kredit olish borasidagi muammolardan iborat.

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Uchrashuvlar yakunida ko‘rib chiqilgan barcha murojaatlar bo‘yicha respublika, viloyat va tuman darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda. 

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 
Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 
Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 
Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 
Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Mavzuga oid