Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston militsiyasi xodimlari Anqarada kurslarni o‘taydi
Turkiya hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TİKA) Turkiya politsiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Anqarada O‘zbekiston militsiyasi xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil qildi. Bu haqda Anado‘lu agentligi xabar tarqatdi.
TİKA ning huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini o‘qitish bo‘yicha loyihasi doirasida tashkil etiladigan bu kurslar davlat obektlarini terrorchilardan himoya qilish hamda mualliflik huquqlari buzilishiga qarshi kurashish mavzularida bo‘ladi.
Bunday loyiha 2007-2008 yillarda Albaniya va Qirg‘izistonda qo‘llangan, keyinroq Qozog‘iston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston, Falastin, Bosniya va Gertsegovina, Ozarboyjon, O‘zbekiston, Makedoniya, Tunis, Chernogoriya, Janubiy Sudan, Liviya, Moldova va Ruminiyada muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazilgandi.
Loyihaning maqsadi - hamkor davlatlar politsiyachilari o‘rtasida tajriba almashish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda yagona qarashlarni shakllantirish hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
20:55 / 23.10.2024