Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh federal qidiruv byurosi Rossiya dipinshootlaridagi tintuvlarda qatnashmagan
AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning bayonot berishicha, FQB xodimlari Rossiyaning Amerikadagi diplomatik binolar tintuvida ishtirok etmagan. Bu haqda davlat departamenti rasmiy vakili matbuot brifingida ma'lum qildi.
«Men FQBda qanaqa hujjatligini bilmayman, ammo shuni aniq bilamanki, tekshiruvlar, sizlar uni qanday atamang, qonuniy o‘tkazildi», — degan Nauert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tintuvlarda ishtirok etganlar davlat departamenti diplomatik xavfsizlik byurosi xodimlari bo‘lishgan.
Avvalroq, Rossiya TIV Rossiya vakolatxonalaridagi amerikaliklarni «bosqinchilar» deb atagan edi.
Shu bilan birga, Vashington Moskva bilan «qasdma-qasd» siyosat yuritishni xohlamaydi, dedi Nauert.
Uning aytishicha, Vashington Moskva bilan munosabatlarni yaxshilashga umid qiladi.
«Biz bu munosabatlar yaxshilanishini xohlar edik. Biz diplomatik «qasd olish»dan voz kechishni xohlaymiz», — degan diplomat.
Uning ta'kidlashicha, AQSh va Rossiya ko‘plab sohalarda hamkorlik qilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025