Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada “Irma” dovuli yaqinlashayotgani sababli ikkita AES yopib qo‘yiladi
Florida Power & Light Company (FPL) energetik kompaniyasi Florida shtatida yaqinlashayotgan “Irma” dovuli sababli ikkita atom elektr stansiyasini yopib qo‘yadi.
FPL Floridada 2 ta AES – “Turkey Point” va “St. Lucie”dan foydalanadi.
“AESlar dovul sababli yopiladi”, deb aytgan FPL matbuot kotibi Robert Guld.
Guldning aytishicha, FPL atom obektlari toshqinlar va shamollarga bardosh berish nuqtai nazaridan AQShdagi eng mustahkam inshootlardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Floridaning Mayami-Bich shahri meri Fil Levayn mahalliy aholi zudlik bilan evakuatsiya qilinishini ma'lum qildi.
Hozirda dovul shimoli-g‘arb tomon yo‘nalmoqda. Ob-havo mutaxassislarining fikricha, tabiiy ofatdan Floridaning janubi-sharqiy tumanlari ko‘proq jabr ko‘radi.
Fort-Loderdeyl va Mayami shaharlariga jiddiy ziyon yetishi taxmin qilinmoqda. Mayami meri yaqinlashib kelayotgan ofatni “yadroviy dovul” deb atagan.
BMTda “Irma” sababli 37 mln kishi jabr ko‘rishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
08:35 / 08.05.2025
Forishda kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
21:20 / 28.04.2025