BMT: Dunyodagi qashshoqlik darajasi qisqardi, biroq...
BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammadning ma'lum qilishicha, sayyoramizda qashshoqlikda yashovchi kishilar soni 767 milliongacha qisqardi. Hozirda bu ko‘rsatkich yer aholisining 11 foiziga teng.
«So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qashshoqlik darajasi 11 foizgacha pasaydi, biroq bu 767 million inson hamon dahshatli sharoitlarda yashayotganidan darak beradi», - deya Muhammadning so‘zlarini keltiradi TASS.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari qashshoqlik bilan kurashda «jiddiy natijalarga» erishishgan. Biroq, Afrika hamon sayyoraning eng «yomon» mintaqasi bo‘lib turibdi, sababi unda yashovchi aholining 42 foizi qashshoqlikda kun kechiradi.
Joriy yilning martida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 400 million kishi qashshoqlikda yashashi aniqlangandi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024