Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Myanmadagi nizo tomonlarini BMT doirasida muloqot qilishga chaqirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Myanmadagi ziddiyat tomonlarini BMT doirasida muloqot qilishga chaqirdi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.
"Biz yaqindagina Myanmada bo‘lib o‘tgan ziddiyat yuzasidan tashvishda ekanimizni bildiramiz. Biz barcha tomonlarni darhol zo‘ravonlikni to‘xtatishga va BMT doirasida muloqot qilishga chaqiramiz", - dedi Nazarboyev yakshanba kuni Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammitidagi chiqishida.
Qozog‘iston prezidenti oxirgi paytlarda islom ummati turli og‘ir sinovlarga duch kelayotganini ta'kidladi.
"Birinchidan, ekstremist va terrorchi tashkilotlarning tarqalishi. Ularning terrorchilik faoliyatidan birinchi navbatda musulmon mamlakatlarning o‘zi jabr ko‘rmoqda. Ikkinchidan, islomofobiyaning kengayishi. G‘arb mamlakatlarida yil sayin musulmon mamlakatlariga qarshi xatti-harakatlar ko‘payib bormoqda", - dedi Nazarboyev.
Ta'kidlash joizki, Myanmadagi Rakxayn shtati hududida respublika qurolli kuchlari va mamlakat hukumati terrorchi deb hisoblovchi Arakan musulmonlari o‘rtasida to‘qnashuvlar ketmoqda.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025