Sport | 17:10 / 10.09.2017
6255
2 daqiqa o‘qiladi

«Real Sosedad» qatorasiga uchinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, «Barselona»ga yetib oldi

Foto: Squawka

Ispaniya chempionatining 3-turida «Real Sosedad» «Deportivo»ga qarshi o‘ynadi. La-Korunyadagi «Riasor» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin boshidayoq mehmonlar Huanmi va Asera Ilyaramendining gollari evaziga oldinga chiqishdi, keyin Adrian Lopes va Florin Andone bittadan gol urib, javob qaytarishdi. O‘yin oxirida Diyego Lorente va Aser Ilyaramendi basklarning g‘alabasini ta'minladi.

Endilikda qatorasiga uchinchi uchrashuvda g‘alaba qozongan «Real Sosedad» primera turnir jadvalida 9 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni «Barselona» bilan bo‘lishibdi. Bu jamoa avvalgi turlarda «Deportivo» (3:2) va «Vilyarreal»ni (3:0) mag‘lubiyatga uchratgandi, «Deportivo» bir ochko bilan autsayderlar qatorida.

Ispaniya chempionati, 3-tur
Deportivo – Real Sosedad 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 3 Huanmi, 0:2 – 4 Ilyarramendi, 1:2 – 27 Adrian, 2:2 – 50 Andone, 2:3 – 83 Lorente, 2:4 – 86 Ilyarramendi.
Deportivo – Tyton, Sher, Luizinyu, Xuanfran, Sidney, Kartabiya (Valverde, 64), Moskera, Gilerme, Gama (Peres, 49), Andone (Bakkali, 71), Adrian.
Real Sosedad – Ruli, Elustondo, Rodriges, Odriosola, Martines (Lorente, 66), Priyeto, Ilyarramendi, Surutusa, Yanuzay (Vela, 74), Huanmi (Kanales, 54), Villian Joze.
Ogohlantirishlar: Huanmi (44), Gilerme (47), Rodriges (54), Odriosola (80).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid