Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Irma» birinchi toifaga qadar kuchsizlandi
Qo‘shma Shtatlarga yopirilgan «Irma» dovuli birinchi darajaga qadar kuchsizlandi, deb xabar bermoqda AQSh dovullar haqida ogohlantirish Milliy markazi.
Markazdan ta'kidlashlaricha, «Irma» Florida g‘arbiy yarim oroliga harakatlangani sari zaiflashib bormoqda. Hozirda dovul ichidagi maksimal shamol tezligi soatiga 135 kilometrni tashkil etadi, uning markazi esa Tampadan 40 kilometr shimoli-sharqda va Leyklenddan 30 kilometr shimoli-g‘arbdadir. Dovul soatiga taxminan 24 kilometr tezlik bilan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda.
Avvalroq «Irma» tufayli Mayami markazi suv ostida qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi
23:04 / 08.10.2024
Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi
14:24 / 27.09.2024
«Qurbonlar ko‘p bo‘lishi mumkin». «Helen» to‘foni Floridaga yopirildi
14:29 / 26.08.2024