OAV: Donbassda jang qilgan rossiyalik ayol Qirg‘iziston Oliy sudi binosiga kirishga urindi
Bishkekda Qirg‘iziston Oliy sudi binosiga kirishga uringan Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda «Interfaks» manbaga asosan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ayolning yonida Dragunov (SVD) merganlar miltig‘ining patronlari bo‘lgan.
«O‘tgan juma kuni ichki ishlar xodimlari tomonidan Qirg‘iziston Oliy sudi binosiga kirishga uringan Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, unda jangovar patronlar bo‘lgan», - deya xabar bergan respublika sud organlaridagi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida sud organlari qo‘lga olingan ayolga nisbatan ehtiyot chorasi bo‘yicha bir qarorga keladi.
Agentlikning ta'kidlashicha, mahalliy OAV Bishkekda Ukraina sharqidagi jangovar harakatlar zonasidan bo‘lgan, Rossiya fuqarosi hisoblanuvchi mergan qo‘lga olingani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024