Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA prezidenti «PSJ»ga tahdid qildi
UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin «PSJ»ning Neymar va Kilian Mbappe (222 million va 180 mln yevro) transferi bo‘yicha fikr bildira turib, ularning moliyaviy feyr-pley talablari bo‘yicha jazoga tortilish imkoniyatini baholadi.
«Men Platinidek mashhurlikka intilsam, «PSJ»ni yevrokuboklardan chetlatishim kerak bo‘ladi», – degan Cheferin.
«Hech kim qonundan ustun bo‘lmaydi. Yaqin vaqt ichida biz parijliklarning transferlari bo‘yicha tekshiruvlar natijalarini ko‘rib chiqamiz. Sanktsiyalar o‘ta beshafqat bo‘lishi mumkin», – deya UYeFA prezidentining tahdidona so‘zlarini keltirgan L'Equipe.
«Agar «PSJ»ning aybi isbotlansa, men bu klubni yevrokuboklardan chetlataman. Biz jazolashdan qo‘rqmaymiz», – deya qo‘shimcha qilgan sloveniyalik amaldor.
Eslatib o‘tamiz, UYeFA «PSJ»ning moliyaviy feyr-pley qoidalari talablariga qanchalik amal qilgani bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Mavzuga oid
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi
16:20 / 29.04.2025