Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Bolalar kitobi” 3-Respublika festivali bo‘lib o‘tadi
Shu yilning 14-16 sentabr kunlari Toshkent shahri, Nukus va boshqa barcha viloyat markazlarida “Bolalar kitobi” 3-Respublika festivali bo‘lib o‘tadi. U O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat, Xalq ta'limi vazirliklari, Toshkent shahri, viloyatlar hokimliklari, qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan uyushtirilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida o‘tkazilgan matbuot-brifingida ma'lum qilinishicha, bu yilgi festival “Sog‘lom va ma'naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida tashkil etiladi.

Undan ko‘zlangan maqsad, yoshlarni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur v iftixor ruhda tarbiyalashda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada kengaytirish, bolalar va o‘smirlar adabiyotini rivojlantirish, kelajak avlod ma'naviyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish kabilardan iborat.
“Bolalar kitobi” 3-Respublika festivalida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 60 dan ortiq nashriyot va matbaa korxonasi o‘z kitob mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Sayl tarzida tashkil etiladigan tadbirlarda “Eng faol yosh kitobxon”, “Yosh kitobsevar”, “Mening birinchi kitobim”, “Kitobxon oila”, “Odamiylik kitobga bo‘lgan ehtiromdan boshlanadi” kabi mavzularda sovrinli intellektual viktorina va mushoiralar, “Men sevgan kitoblar” mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkaziladi.

Bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlar tomonidan nashrdan chiqqan kitoblar namoyishi va erkin savdosi o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, “O‘zbekonsert” davlat muassasasi tomonidan jalb etilgan Respublika yosh tomoshabinlar teatri, Respublika Davlat qo‘g‘irchoq teatri, “Tomosha” teatr studiyasi hamda turli bolalar san'at guruhlarining konsert dasturlari ham namoyish etiladi.
Mavzuga oid
14:59 / 28.04.2025
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
09:53 / 30.01.2025
Hindistonda festivaldagi tiqilinch kamida 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
15:42 / 14.01.2025
Hindistonda eng yirik festival boshlandi. Unga 400 mln kishi tashrifi kutilmoqda
09:44 / 07.09.2024