Sport | 19:57 / 12.09.2017
9945
1 daqiqa o‘qiladi

Sadio Mane jazolandi

Foto: Daily Star

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) «Liverpul» hujumchisi Sadio Maneni «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvda darvozabon Edersonga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun jazoga tortdi.

Tashkilot rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, Mane bo‘yicha berilgan barcha apellyatsiyalar rad etilgan va unga nisbatan uch uchrashuvdan iborat diskvalifikatsiya jazosi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Liverpul» jamoalari uchrashuvining 37-daqiqasida Sadio Mane Ederson bilan to‘p uchun kurashda uning boshiga zarba berib yuborgan va hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylangandi. O‘sha vaziyatda jarohat olib safdan chiqqan Ederson o‘rniga Klaudio Bravo maydonga tushgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar