Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Mirabror Usmonov terma jamoani jahon chempionatiga olib borishni va'da qilmagandimi?
Mirabror Usmonov: Terma jamoani Jahon Chempionatiga olib chiqishni va'da qilmagandim
Bugun, 12 sentabr kuni Toshkentdagi Radisson BLU mehmonxonasida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida O‘FF sobiq prezidenti Mirabror Usmonov so‘zga chiqib, tashkilotga yangi saylangan rahbariyatga omad tilab, o‘z maslahatlarini berdi. U shuningdek, so‘zi davomida federatsiya rahbarligiga kelganida O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon Chempionatiga olib chiqishni va'da qilmaganini eslatib o‘tdi.
«Barchangizni ko‘rib turganimdan xursandman. Chunki bu kabi yig‘ilishlar har doim ham bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik futbol o‘sayotgani haqida gapirdi. Ammo kamchiliklar haqida ham eslash kerak.
2006 yilda kelganimda, mendan ortiqcha narsalarni kutmanglar, deb aytgandim. O‘shanda ham jahon chempionatiga olib chiqishni talab qilmasliklarini so‘raganman. 10 yillardan keyin nimadir qilish mumkin degandim. Chunki bizda poydevor yo‘q edi.», degan Usmonov.
Mirabror Usmonov, shuningdek, futbol jurnalistlari haqida fikr bildirdi va yangi rahbariyatni tanqiddan qochmaslikka chaqirdi.
«Yangi rahbariyatga bitta maslahatim — hech qachon tanqiddan qochmanglar. Tanqid yaxshi narsa. Ishlagan odamnigina tanqid qilishadi. Ishlamagan odamni birov esga ham olmaydi, tanqid ham qilmaydi!», degan u.
Mirabror Usmonov O‘zbekiston futboliga qo‘shgan ulkan hissasi uchun tantanali ravishda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, Mirabror Usmonov rahbarligi vaqtida O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati uchun saralash bosqichida 3 marta muvaffaqiyatsizlikka uchradi, O‘zbekiston 2010, 2014 va 2018 yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Federatsiya prezidenti terma jamoa Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligida omadsizlikka uchraganida, unga terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqish topshirig‘i qo‘yilmaganini iddao qilib, murabbiyni himoyasiga olgandi.
Mavzuga oid
15:00 / 19.02.2021
O‘FA: Toshkentda Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan o‘rtoqliq uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
20:34 / 29.12.2019
France Football o‘n yillikning ramziy terma jamoasini taqdim etdi
20:46 / 03.04.2019
Mirabror Usmonov vafot etgani munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi
20:05 / 15.03.2019