Jamiyat | 21:15 / 12.09.2017
25356
2 daqiqa o‘qiladi

Jyek Ma 40 ming xodimi oldida Maykl Jyekson obrazida namoyon bo‘ldi (surat, video)

Forbes jurnali versiyasiga ko‘ra, Xitoyning eng badavlat kishisi hisoblangan Jyek Ma o‘zi tomonidan asos solingan Alibaba kompaniyasining 18 yilligi sharafiga tashkil qilingan kechada ishtirok etdi. Ma 40 mingga yaqin kishini yig‘gan tadbir sahnasiga Maykl Jyeksonning Dangerous World Tour turidagi kiyimini yodga soluvchi kostyumda chiqqan. 

Foto: vc.ru

Maykl Jyekson Dangerous World Tour'da

Foto: vc.ru

Jyek Ma Alibaba'ning 18 yilligida

Jyek Ma sahnada mototsiklda va niqobda paydo bo‘ldi. Bir necha raqs harakatlaridan keyin u sahnaga kompaniya xodimlarini taklif qildi va sahnani mototsiklda havoga ko‘tarilgancha tark etdi. Sahna ko‘rinishlarida sehr elementlaridan foydalanilgan. 

 Weibo'dagi onlayn-traslyatsiyani tomosha qilayotganlardan biri sahna ko‘rinishlarini "yaxshi urinish" deya baholasa, boshqasi "Men Alibaba'ga rezyume yo‘llayman" dedi. 

Mavzuga oid