O‘zbekiston | 17:00 / 13.09.2017
50733
2 daqiqa o‘qiladi

«Yomonlasa bloklaymiz, maqtasa e'tirof etamiz». O‘zA BBC va «Ozodlik»dan iqtibos keltirdi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) 12 sentabr kuni «O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari -xorijiy ommaviy axborot vositalari diqqat markazida» sarlavhali materialni e'lon qildi.


Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10 sentabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otgani e'tirof etilgan hamda bu nutqqa bag‘ishlab xorij saytlarida e'lon qilingan maqola va xabarlar tahlil qilingan.

«Davlatimiz rahbari tomonidan IHT sammitida Tashkilotning fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi sa'y-harakatlarini faollashtirishga doir bildirilgan tashabbuslar internet hamjamiyati tomonidan yuksak baholandi va keng qo‘llab-quvvatlandi, bugun ham internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlar diqqat markazida bo‘lib turibdi», — deyilgan materialda.

O‘zbekistondagi asosiy axborot agentligida nashr etilgan bu material internet foydalanuvchilarining iztehzolariga sabab bo‘ldi. 

«Yomonlagani uchun bloklaymiz, maqtagani uchun iqtibos keltiramiz», deya munosabat bildirilgan bu holatga.

Qayd etish kerakki, sharhda 8ta internet nashridan iqtiboslar keltirilgan bo‘lib, ularning 4tasiga O‘zbekistonda to‘siq qo‘yilgan. Bular Bi-Bi-Sining O‘zbek xizmati, «Ozodlik», «Vecherniy Bishkek» radiosi va KANT.kg saytlaridir. Materialda nomi keltirilgan UAport.net, Sputnik O‘zbekiston, «Kazaxstanskaya pravda» va CA-News.org saytlari esa ayni paytda erkin ochilmoqda.

Mavzuga oid