Sport | 15:43 / 15.09.2017
20832
1 daqiqa o‘qiladi

YeChL haftasining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

UYeFA rasmiy sayti Yevropa chempionlar ligasining 1-turidagi eng yaxshi futbolchi nomini e'lon qildi.

Hafta o‘yinchisi bo‘lishga da'vogar 8 nafar futbolchi orasida «Liverpul» yarim himoyachisi Muhammad Saloh g‘olib chiqqan.

Misrlik bu futbolchi mersisaydliklarning «Sevilya»ga qarshi o‘yinida ikkinchi golni urgan, ammo jamoa bu ustunlikni saqlab qola olmadi va uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Bu nom uchun Krishtianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»), Neymar («PSJ»), Xames Rodriges («Bavariya») va Tayson («Shaxtyor»), Romelu Lukaku («Manchester Yunayted») va Harri Keyn («Tottenhem») ham da'vogar bo‘lgandi.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi muxlislar bergan ovoz natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Mavzuga oid