Jahon | 12:18 / 16.09.2017
20108
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR so‘nggi raketa sinovidan fotosuratni e'lon qildi

Shimoliy Koreya Markaziy axborot agentligi so‘nggi raketa sinovidan olingan fotosuratlarni e'lon qildi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, suratlarda joriy yilning aprel oyida ilk bora namoyish etilgan «Xvason-12» raketasini ko‘rish mumkin.

KXDR 15 sentabr kuni ertalab navbatdagi raketa sinovini o‘tkazdi. Janubiy koreyalik harbiylarning ma'lumotiga ko‘ra, uchirilgan raketa 3700 kilometr masofani bosib o‘tdi va 770 kilometrlik balandlikka ko‘tarildi.

KXDR Markaziy telegraf agentligining ta'kidlashicha, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning raketa sinovidan ko‘ngli to‘lgan.

Avvalroq Kim Chen In KXDR yadroviy qurolli kuchlarni yaratish ishlarini deyarli yakunlagani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid