Fan-texnika | 18:00 / 16.09.2017
11461
2 daqiqa o‘qiladi

Volvo’ning eng kichkina yo‘ltanlamasi: ilk fotosuratlar

Foto: Motor.ru

Internetda Volvo’ning yangi   yo‘ltanlamasi dizayni to‘la namoyish etilgan tasvirlar paydo bo‘ldi. U XC60’dan bir pog‘ona pastda joylashgan bo‘lib, XC40 nomini oldi. Carscoops’ning xabar berishicha, tegishli skrinshotlar olingan rolik Shvetsiya markasining Vengiya bo‘linmasi tomonidan e'lon qilingan. Shu bilan birga, hozirda ular na ofis saytida, na ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda bor.

Seriyali model dizayni 2016 yilning mayida taqdim etilgan 40.1 prototipi tashqi qiyofasini butunlay qaytargan. Ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan yo‘ltanlamas kontsept-kardan faqatgina biroz o‘zgargan bamperlar, radiator panjarasi, shuningdek, boshqa g‘ildirak disklari bilan ajralib turadi.

Foto: Motor.ru

Volvo XC40 ichki qismi Shvetsiya markasining avvalgi modellari yo‘nalishida tayyorlangan. Krossover tik multimediya tizimi va raqamli qurilmalar paneliga ega.

Foto: Motor.ru

Volvo’ning eng kichkina yo‘ltanlamasi qator boshqa elektron yordamchilarga ham ega bo‘ladi. Xususan, gap aylanma ko‘rish tizim, moslashtirilgan kruiz-nazorat, yo‘ldan chiqib ketishni kuzatish funksiyasi va piyodalar hamda velosipedchilarni payqashga ega tezkor to‘xtash tizimi haqida bormoqda.

Foto: Motor.ru

XC40 yo‘ltanlamasi CMA yangi model platformasida quriladi. Krossover bu shassida yaratilgan birinchi modelga aylanadi. Ishlab chiqarish Belgiyada amalga oshiriladi. XC40 premerasi 21 sentabrga mo‘ljallangan.

Mavzuga oid