Light | 21:40 / 17.09.2017
26655
5 daqiqa o‘qiladi

Xotirjamlik va sukunatni xush ko‘ruvchilar uchun 8 ajoyib maskan

Yangi ko‘rkam joylarni ko‘rish, shuningdek sershovqin ziyofatlar, injiqlik qilayotgan bolalar va sayyohlar oqimini chetlab o‘tish istagida bo‘lganlar uchun "Layfxaker" biri-biridan ajoyib variantlarni taqdim etadi.

1. Burgenland, Avstriya

Foto: Martin Horvath / Flickr.com

Burgenland — mamlakatning yirik vinochilik mintaqasi. U yerda Markaziy Yevropaning qadimiy "blaufrankish" nomli uzum navi yetishtiriladi.

Foto: Martin Horvath / Flickr.com
Foto: Martin Horvath / Flickr.com

U yerda yilning 300 kuni quyoshli, shuning uchun Burgenland - piyoda yurish va otda sayr qilishni yoqtiruvchilar, golfchilar va velosipedchilar uchun ayni muddao. Venadan 45 daqiqalik masofada, Noyzidler ko‘li tumanining o‘zidayoq 30 dan ortiq velosiped marshrutlari bor.

2. Kotsuolds, Angliya

Foto: Robyn Cox / Flickr.com

Kotsuolds tepaligi — shahar shovqinidan dam olish va Angliya qishloqlarining go‘zalligidan baxra olish uchun mukammal maskan. Manzarali tabiat, o‘tlab yurgan qo‘ylar podasi va mo‘'jazgina qishloq uylarini tomosha qilib,  beixtiyor o‘zingizni qadimiy romanlar qahramonidek his qilasiz.

Foto: Robyn Cox / Flickr.com

164 kilometrga cho‘zilgan Cotswold Way yo‘nalishi bo‘ylab sayr qilib, bu mintaqaning qadimiy shaharlarini ziyorat qilishingiz mumkin. Shahzoda Charlzning shahar tashqarisidagi qarorgohi Highgrove Estate'ga borishni unutmang. Uning xususiy uyidagi bog‘iga bepul kirishingiz mumkin.

3. Muxu oroli, Estoniya

Foto: Sergei Gussev / Flickr.com

Estoniyadagi Muxu oroli mamlakatning boshqa yirik oroli Saaremaa bilan yonma-yondir. Mahalliy aholi Muxuni eng yolg‘izlangan orol deb hisoblaydi. U yerda tabiat manzaralari, baliqchilar qishlog‘i va qadimiy shamol charxpalaklarini tomosha qilib, zavq olasiz.

Foto: Groundhopping Merseburg / Flickr.com

Muxu orolida besh yulduzli Pädaste Manor mehmonxonasi joylashgan bo‘lib, u o‘z mehmonlariga mahalliy oshxonaning mazali taomlari, sauna va orol bo‘ylab otda sayr qilishni taklif etadi.

4. Beara yarimoroli, Irlandiya

Foto: Dale Simonson / Flickr.com
Foto: Dale Simonson / Flickr.com
Foto: Dale Simonson / Flickr.com

Irlandiyaning janubi-g‘arbiy hududi bo‘ylab sayohat qilish yovvoyi tabiat va dengiz qirg‘oqlarini xush ko‘ruvchilarga yoqishi shubhasiz. Orol bo‘ylab uzunligi 2500 kilometr bo‘lgan qirg‘oq yo‘nalishlaridan biri - Yovvoyi Atlantika yo‘li o‘tgan.

5. Lofoten orollari, Norvegiya

Foto: Judith / Flickr.com

Norvegiyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlaridagi arxipelag - kuch yig‘ish va muammolardan dam olish uchun ajoyib joy. Sohil bo‘ylab qizil baliqchilar kulbalari qatorlashib turibdi, ularning ba'zilari mehmonxona vazifasini o‘taydi. Ulardan manzarali tabiatni tomosha qilish mumkin, baliqlarning xilma-xilligi esa hech bir baliqchini befarq qoldirmaydi.

Foto: Gael Varoquaux / Flickr.com
Foto: square(tea) / Flickr.com

Lofoten orollariga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt - may oyi oxiridan iyul o‘rtalarigacha. Bu davrda u yerda qutbli kunlar bo‘ladi.

6. Plyos, Rossiya

Foto: ru.m.wikipedia.org

Ko‘plab cherkovlar va go‘zal manzaralarga boy bu sokin shahar Ivanov viloyatidagi Volga qirg‘og‘ida joylashgan. Shahar federal ahamiyatga ega tarixiy maskanlar ro‘yxatiga kiritilgan. Plyosda albatta Levitanning uy-muzeyini ziyorat qiling.

7. Shimoliy Shotlandiya dovonlari, Shotlandiya

Foto: Patrick Franzis / Flickr.com
Foto: Martin de Lusenet / Flickr.com

Dovonlar qator yassi tekisliklar va tog‘ tizmalaridan iborat. Shotlandiyaning shimoli-g‘arbiy qismida ko‘rkam Torridon qishlog‘i joylashgan. U yerda mahalliy aholi ko‘p emas, tabiat go‘zalligi esa ko‘zni quvontiradi.

8. Garzon, Urugvay

Foto: Mariano Mantel / Flickr.com
Foto: gettyimages.com

Garzon — Urugvay janubi-sharqidagi kichik qishloq. U mamlakat poytaxti Montevideodan atigi ikki soatlik masofada joylashgan. Bu xotirjamlik va sukunat istovchilar uchun ajoyib joydir.

Mavzuga oid