Emeri Neymar va Kavani mojarosiga munosabat bildirdi
«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri «Lion»ga qarshi uchrashuvda (2:0) g‘alabadan so‘ng o‘yinning 79-daqiqasida sodir bo‘lgan voqeaga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha daqiqa hakam «Lion» darvozasi tomon o‘n bir metrlik jarima zarbasi belgilagandi. Penaltini Neymar tepmoqchi bo‘lgan, ammo Edinson Kavani bunga yo‘l qo‘ymasdan nuqtadan zarbani o‘zi amalga oshirib xatoga yo‘l qo‘ygandi.
«Bitta jamoa bir necha penalti tepuvchilar bo‘lishi lozim. Ulardan biri — Kavani, boshqa biri — Neymar. Futbolchilar o‘yin vaqtida kim tepishini o‘zlari kelishib olishi kerak.
Kelgusida bu masalani jamoa ichida hal qilib olamiz, ammo o‘ylashimcha, ularning ikkisi ham «nuqta»dan yaxshi zarbalar bera olishadi. Ular bu ishni navbati bilan amalga oshirishlarini istagan bo‘lardim. Agar ular bu borada kelisha olishmasa yakuniy qarorni men chiqaraman. Bu biz uchun muammo bo‘lishini istamayman», — degan Emeri.
Mavzuga oid
09:29 / 27.05.2024
Lion metrosida odamlarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi
16:11 / 21.08.2023
Ronaldu OChLda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Krishtianu, Neymar va Benzema qaysi o‘zbek klubiga qarshi o‘ynashi mumkin?
19:26 / 16.08.2023
Shaxsiy samolyot, xizmatchilari bilan koshona va katta maosh. Neymar nega Saudiyani tanladi?
14:23 / 16.08.2023