Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini poyezd tagiga itarib yuborgan qirg‘izistonlik 5 yilga qamaldi
Sankt-Peterburg shahrining Smolninsk tumani sudi Qirg‘izistonning 22 yoshli fuqarosi Umar Mamataliyevni besh yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. U o‘zbekistonlik tanishini yaqinlashib kelayotgan metro poyezdining tagiga itarib yuborgan. Bu haqda RIA «Novosti» sud matbuot kotibi Darya Lebedevaga asosan xabar bermoqda.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning 10 yanvar kuni «Ploshchad Aleksandra Nevskogo-2» metro bekatining platformasida mast holda bo‘lgan ayblanuvchi janjal vaqtida o‘z tanishini relslarga itarib yuborgan, bu vaqtda poyezd yaqinlashib kelayotgan bo‘lgan. Natijada jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
«Sud Mamataliyevga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi, u jazo muddatini qattiq rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘taydi», - deya ma'lum qildi Lebedeva.
Bundan tashqari, sud O‘zbekiston fuqarosining onasi da'vosini qondirib, ma'naviy zarar yetkazganlik uchun 500 ming rubl miqdorida mablag‘ undirish, ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini qoplab berish haqida qaror chiqardi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
20:42 / 20.05.2025