Amerikalik desantchi ko‘rgazmali chiqish vaqtida "qovun tushirdi"
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining desantchilar jamoasi amerikancha futbol bo‘yicha univesitetlararo o‘yinga bayroqlarni yetkazib berishning uddasidan chiqa olmadi. O‘yin oldidan "dengiz mushuklari"dan biri yuqoridan parashyutda tushayotganda stadion tribunasiga borib urilgan, deb xabar bermoqda ksl.com portali.
Voqea Yuta shtatidagi Provo shahrida Brigam Yang va Viskonsin universitetlari terma jamoalari uchrashuvi oldidan sodir bo‘lgan. Uchrashuvni havo orqali bayroqlarni yetkazish tantanali marosimi bilan ochish rejalashtirilgandi, biroq desantchilardan biri qo‘nish trayektoriyasini mo‘ljallay olmay, tribuna chetidagi to‘siqqa borib urilgan. Qolgan desantchilar esa risoladagidek qo‘na olishgan.
Ushbu holat tasvirlangan lavhalardan belgilangan joydan o‘tib ketgan desantchi puflama cholg‘u asboblari orkestri artistlarini yiqitib yuborishiga sal qolganini ko‘rish mumkin. Ma'lum qilinishicha, tomoshabinlar desantchiga parashyut arqonlari orasidan chiqishiga ko‘maklashishgan va unga birinchi yordam ko‘rsatishgan.
O‘yin sharhlovchisi desantchi jiddiy jarohat olmagani, tomoshabinlarga ham hech narsa qilmaganini e'lon qilgan.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025