Myanma yetakchisi bayonot bilan chiqdi
Myanma davlat maslahatchisi va haqiqiy yetakchisi Do Aun San Su Chji Neypidoda parlament a'zolariga yo‘llagan o‘z murojaatida Rakxayn shtatida «mojarodagi barcha tomonlar» qo‘llayotgan zo‘ravonlikni qoraladi. «Biz Rakxayn shtatida mojarodagi barcha tomonlar qo‘llayotgan noqonuniy zo‘ravonlikni qoralaymiz. Ziddiyat davomida qonun buzilishlarda aybdor bo‘lgan barcha shaxslar o‘z harakatlari uchun qonun doirasida javob beradi. Biz bu mojaroda barcha jabrlanganlarga chuqur hamdardlik bildiramiz», - deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Shuningdek, Myanma yetakchisi Bangladeshga qochib o‘tgan rohingyalarga Rakxayndagi uylariga qaytishga ruxsat berishga tayyorligini bildirdi. Bu ular Myanmada yashash huquqiga ega ekanliklari tasdiqlangach, ro‘y beradi. «Biz qaytishni istagan qochqinlarni tekshiruvdan o‘tkazishga tayyormiz», - dedi u.
25 avgust kuni «Arakan rohingyalarini qutqarish armiyasi» guruhi bir necha politsiya bo‘linmasiga hujum qildi. Myanma armiyasi esa terrorchilikka qarshi amaliyot boshlanganini ma'lum qildi, u oxir-oqibat musulmonlarga qarshi qirg‘inga olib keldi. O‘z navbatida, Xitoy va Hindiston Myanma hukumatining Rakxayn shtatidagi amaliyotini qo‘llab-quvvatladi. Fojiali hodisalar tufayli 400 mingdan ortiq rohingya musulmonlari boshqa davlatlarga qochib o‘tdi.
Avvalroq «Chegara bilmas shifokorlar» Myanmadan Rakxaynga kiritishni talab qilishayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:07 / 30.12.2022
Myanma sudi Aun San Su Chjini yana yetti yillik qamoq jazosiga hukm qildi
08:18 / 26.12.2022
Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
14:39 / 12.10.2022
Myanmada sobiq bosh vazir Su Chjiga yana 3 yil qamoq jazosi berildi
08:53 / 16.08.2022