O‘zbekiston | 13:33 / 19.09.2017
20424
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax politexnika institutida yangi fakultet tashkil etildi

Foto: Norma.uz

2017 yil 5 sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 699-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Qaror bilan Jizzax politexnika instituti tarkibida arxitektura va qurilish fakultetini hamda mazkur fakultet tarkibida arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ma'qullandi.

Hujjatda Markazning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek Markaz faoliyatini tashkil etish, o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.

Belgilanishicha, Markazning xodimlariga OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.

Hujjat 2017 yil 11 sentabrda kuchga kirdi.

 

Mavzuga oid