Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram’ning Osiyodagi ishida uzilishlar ro‘y berdi
Foto: RIA "Novosti"
Telegram osiyolik foydalanuvchilar servisni ishlatishda texnik nosozliklar tufayli qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida xabar berdi. Bu haqda kompaniyaning Twitter’dagi bayonotida aytiladi.
"Singapurdagi Telegram serverlari klasteridagi bosh tarmoq kommutatori o‘chib qoldi. Uzilishlar osiyolik foydalanuvchilarni qamrab oldi. Vaziyatni o‘rganmoqdamiz hamda unga yechim topish uchun harakat qilayapmiz!", - deya yozilgan kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida.
Telegram ma'lumotlariga ko‘ra, messenjer ishidagi uzilishga Singapur klasterida elektr energiyasining o‘chib qolishi sabab bo‘ldi.
Avvalroq Telegram servisning Germaniya, Iroq hamda MDHning qator davlatlari, birinchi navbatda O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belarusdagi ishida nosozlik kuzatilganini xabar bergandi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025