Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A seriya. «Napoli»ning niyati jiddiy, «Yuventus» va «Milan» amalladi
Italiya A seriyasining 5-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar yakuniga yetdi. Unda ochko yo‘qotmasdan kelayotgan ikki peshqadam ham o‘z yurishini davom ettirdi.
«Napoli» «Latsio» mehmoni bo‘lib, avvaliga to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lishiga qaramay, ikkinchi bo‘limda kiritgan to‘rt goli evaziga ketma-ket beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, yana bir peshqadam «Yuventus» «Fiorentina»ga qarshi kechgan uchrashuvda kichik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Milan» liga debyutantiga qarshi ikki penalti yordamida yutuqqa erishdi.
Turning boshqa uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
Italiya A seriyasi, 5-tur
Latsio – Napoli 1:4 (1:0)
Gollar: de Vrey (29) – Kulibali (54), Kalexon (56), Mertens (59), Jorjino (90, penalti).
Latsio: Strakosha, Bashtush (Marushich, 25), de Vrey (Murdjia, 46), Radu, Basta, Parolo, Leyva, Lulich, Luis Alberto, Milinkovich-Savich (Lukaku, 63), Immobile.
Napoli: Reyna, Madjo, Albiol, Kulibali, Gulyam, Allan, Jorjino, Gamshik (Zelinski, 73), Kalexon (Rog, 86), Mertens (Milik, 81), Insine.
Ogohlantirishlar: Radu (21), Mertens (25), Reyna (34), Jorjino (70), Leyva (79).
Benevento – Roma 0:4 (0:2)
Gollar: Djyeko (22, 52), Luchoni (35, avtogol), Venuti (74, avtogol).
Benevento: Belets, Letitsia, Venuti, Luchoni, Di Kyara, Memushay, Chibsa, Kataldi, Lazaar (Paridjini, 64), Koda (Armenteros, 75), Pushkash.
Roma: Alisson, Bruno Peres, Fasio, Jyezus, Kolarov, Pellegrini (Jyerson, 68), Gonalon, Strotman, Under (El-Shaaravi, 46), Djyeko, Perotti (Florentsi, 75).
Ogohlantirishlar: Di Kyara (56), Paridjini (84).
Milan – SPAL 2:0 (1:0)
Gollar: Rodriges (26, penalti), Kessie (61, penalti).
Milan: Donnarumma, Sapata, Bonuchchi, Romanoli, Abate, Kessie, Bigliya (Lokatelli, 82), Rodriges, Chalxanoglu (Bonaventura, 74), Andre Silva, Kalinich (Suso, 62).
SPAL: Gomis, Salamon, Vikari, Felipe (Skyavon, 71), Ladzari, Grassi (Skyattarella, 58), Viviani, Mora, Mattello, Antenuchchi, Paloski (Borrello, 62).
Ogohlantirishlar: Skyattarella (66), Skyavon (88), Romanoli (89).
Yuventus – Fiorentina 1:0 (0:0)
Gol: Mandjukich (52).
Yuventus: Shchensni, Sturaro (Lixtshtayner, 90), Rugani, Bardzali, Asamoa, Bentankur, Matyuidi, Kuadrado (Bernardeski, 82), Dibala (Pyanich, 75), Mandjukich, Iguain.
Fiorentina: Sportello, Lorini (Brunu Gashpar, 51), Petstselya, Astori, Biragi, Badel, Veretu, Keza, Benassi (Jil Diash, 61), Tereo (Sanches, 69), Simeone.
Ogohlantirishlar: Bardzali (23), Lorini (37), Badel (50), Astori (64).
Chetlatish: Badel (66).
Udineze – Torino 2:3 (0:2)
Gollar: de Paul (48, penalti), Lazanya (75) – Belotti (9), Hadlvredsson (30, avtogol), Lyayich (67).
Kalyari – Sassuolo 0:1 (0:0)
Gol: Matri (59, penalti).
Atalanta – Krotone 5:1 (3:0)
Gollar: Petanya (5), Kaldara (25), Ilichich (38), Gomes (63, 74, penalti) – Tumminello (70).
Verona – Sampdoriya 0:0
Mavzuga oid
13:18 / 01.10.2018
«Yuventus» «Napoli»ni mag‘lub etishi, Ronalduning qahramonligi, polshalik to‘purar rekordi - Italiyada tur voqealari
01:39 / 20.08.2018
A Seriya. "Roma" "Torino"ni mag‘lub etdi, "Inter" "Sassuolo"dan yengildi
18:00 / 04.03.2018
Futbolchi vafoti sababli Italiyadagi barcha o‘yinlar qoldirildi. Milan derbisi ham
23:24 / 01.10.2017