Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xushxabar! Barcha talaba, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari paxta terimidan qaytariladi
21 sentabr kuni kechki soat 23:00da O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqida KUN.UZ'ning ishonchli manbasi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, shoshilinch videoselektor davomida bu yilgi paxta terimi mavsumi masalasi muhokama qilingan. Yig‘ilishda paxta-yig‘im terimida bo‘lgan talabalar, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini dars jarayoni hamda ish faoliyatiga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Hukumat rahbari tomonidan 22 sentabr kuni soat 17:00ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytarish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Endilikda fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish uchun aniq belgilangan chora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va "Fidoyi yoshlar otryadlari" jalb qilinadi.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi
20:32 / 12.05.2025