Jahon | 19:40 / 22.09.2017
62252
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Inning Trampga bergan ta'rifi amerikaliklarni lug‘at titishga majbur qildi

Foto:KCNA / Reuters / Scanpix / LETA

19 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasida qat'iy nutq bilan chiqdi. U Eron va Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturlarini tilga olib, Kim Chen Inni haqorat qildi. "Raketa-odam o‘zi va xalqini yo‘q qilishga qaror qildi", - dedi Amerika prezidenti va agar AQSh istasa, KXDRni yo‘q qilishi mumkinligi bilan tahdid qildi. 

Uch kundan keyin, 22 sentabr kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In Donald Trampga javob qaytardi. Koreya Markaziy telegraf agentligi orqali taqdim etilgan bayonotda Kim Chen In prezidentni "aqldan ozgan amerikalik chol" ("mentally deranged U.S. dotard") deb atadi. 

Shundan so‘ng ko‘p amerikaliklar dotard so‘zining ma'nosini izlashga tushishdi - bu so‘z ingliz tilida juda kam holatlarda ishlatiladi. Hatto trump so‘zi ham, Tramp prezident bo‘lmasidan oldin undan ko‘proq qo‘llangan.

Merriam-Webster lug‘ati Kim Chen Inning bayonotidan keyin dotard so‘zi bo‘yicha so‘rovlar keskin ko‘payganini ta'kidladi. Associated Press agentligi alohida materialda gap nimada ekaniga izoh berdi. Koreya yetakchisining so‘zlarini olib, uni tarjimon-ilovaga kiritilsa, u ikki xil variantni taqdim etadi: neytral - "qariya" va yanada qo‘pol - "aqldan ozgan chol". 

Dotard so‘zi KXDR bayonotlarida oxirgi marta 2012 yilda qayd etilgan - o‘shanda Koreya Markaziy telegraf agentligi bu so‘zni Janubiy Koreya prezidentiga nisbatan qo‘llagan.

Mavzuga oid