Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishga doir qarorni imzoladi
2017 yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me'moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur qaror avtomobil yo‘llaridagi qurilmalarning me'moriy-badiiy sifatini tubdan oshirish, Respublikamiz avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini – yo‘l harakati xavfsizligi hamda atrof-muhit muhofazasi masalalarining zamonaviy talablariga javob bergan holda, yagona tizimli va kompleks asosda shakllantirish sifatini tubdan oshirish maqsadida qabul qilindi.
Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi qoshidagi "Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish" korxonasi "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasiga aylantirildi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025