Jamiyat | 12:57 / 25.09.2017
11129
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bosqinchilik qilgan shaxslar ushlandi

O‘rtachirchiq tumanida, joriy yilning 18 sentabr kuni tuman IIBga O‘rtachirchiq tumani Yangi hayot qo‘rg‘oni Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, O‘rtachirchiq tumani Sanoat servis kollejining 2-bosqich o‘quvchisi, 1999 yilda tug‘ilgan D.M. ariza bilan murojat qilib, joriy yilning 17 sentabr kuni soat 22.45 da shu qo‘rg‘onda joylashgan 16-maktabgacha ta'lim muassasasi oldida noma'lum shaxslar urib, unga elektroshok asbobi bilan tan jarohati yetkazib, uni yonida bo‘lgan 100.000 so‘mlik 1 dona qo‘l soati, 1 dona narxi 1.200.000 so‘mlik «Samsung S6» rusumli uyali telefoni va 1 dona narxi 40.000 so‘mlik naushniklarini tortib olib ketganini aytgan, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.

Tuman shifoxonasining 18 sentabr kunidagi ma'lumotnomasiga ko‘ra, D.M.ga «peshona o‘ng tomoni, o‘ng ko‘z qovog‘i, chap qosh usti, chap va o‘ng yonoq sohasi va pastki lab, burun, o‘ng tirsak bo‘g‘ini yumshoq to‘qimalarining lat yoyishi, teri shilinmalari, teri osti qon talashi, chap qo‘l bilagini shilinmasi» tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Oxangaron tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.T. va 1999 yilda tug‘ilgan J.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid