Sport | 02:16 / 27.09.2017
11383
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. G guruhi. «Beshiktosh»da yana g‘alaba, «Monako»da sensatsiya

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa chempionlar ligasining G guruhida 2-turdan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va biroz kutilmagan natijalar kuzatildi.

Birinchi turda Portugaliyada shov-shuvli g‘alaba qozongan «Beshiktosh» bu safar Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumdagi kashfiyoti «Leyptsig»ni ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Portu» birinchi turdagi mag‘lubiyat alamini «Monako»ga qarshi mehmondagi o‘yinda oldi. Portugaliyaliklar kutilmaganda o‘tgan mavsum yarim finalchilari darvozasini javobsiz uch marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi.

Guruhda «Beshiktosh» 6 ochko bilan birinchi bo‘lsa, «Portu» uch ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan. «Leyptsig» va «Monako»da esa bittadan ochko mavjud.

G guruhi

Beshiktosh (Turkiya) – RB Leyptsig (Germaniya) 2:0 (2:0)
Gollar: Babel (11), Taliska (43).
Beshiktosh: Fabrisio, Pepe, Erkin, Medel (Uysal, 70), Toshich, Xatchinson, Oz'yakup, Taliska (Arslan, 81), Kuarejma, Babel, Tosun (Negredo, 90).
RB Leyptsig: Gulachi, Upamekano, Orban (Kampl, 46), Xalstenberg, Zabittser, Keyta (Bruma, 59), Ilzanker, Demme, Forsberg, Ogyusten, Verner (Klostermann, 32).
Ogohlantirishlar: Orban (8), Keyta (15), Erkin (17).

Monako (Monako) – Portu (Portugaliya) 0:3 (0:1)
Gollar: Abubakar (31, 69), Layyun (89).
Monako: Benalo, Glik, Jorjye, Sidibe, Jyemerson, Lemar (Lopesh, 63), Fabino, Gezzal (Keyta, 74), Moutinyu, Diakabi (Karrilo, 46), Falkao.
Portu: Kasilyas, Felipe, Telles, Rikardu Pereyra, Markano, Errera, Danilu Pereyra, Marega, Serjiu Oliveyra (Reyyes, 86), Braimi (Layyun, 71), Abubakar (Korona, 71).
Ogohlantirishlar: Diakabi (9), Fabino (33), Errera (34), Serjiu Oliveyra (62), Danilu Pereyra (66), Sidibe (83), Kasilyas (87).

Mavzuga oid