Almazbek Atambayev odamlarni diniy bag‘rikenglikda tarbiyalashga chaqirdi

Prezident matbuot xizmati
Odamlarni diniy bag‘rikenglikda tarbiyalash hozirgi davlatlar va umuman insoniyatning asosiy vazifasiga aylanishi kerak. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev "Islom zamonaviy dunyoviy davlatda" xalqaro konferensiyasida shunday bayonot bilan chiqdi, deya xabar bermoqda 24.kg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi diniy shiorlar bilan niqoblanuvchi ekstremizm va terrorizm to‘lqinini milliy davlatlarning mustahkamlanishi, ularning o‘z madaniyati, tili va o‘ziga xosligini saqlab qolish orqali yengib o‘tish mumkin.
Shu o‘rinda Almazbek Atambayev muqaddas Qur'onda keltirilgan "Baqara" surasi, 256-oyatidagi "dinda majburlash yo‘q" deya qayd etilgani va islom dinida e'tiqod masalasida birovni majburlash yo‘qligini ta'kidladi.
Islom niqobi ostida boshqa mamlakat musulmonlarining turmush tarzi, urf-odatlari, kiyim-kechak va madaniyatini majburlab targ‘ib qilish haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi, deya ta'kidladi Qirg‘iziston prezidenti.
Mavzuga oid

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sud majlislarini audio va videoga yozib olish majburiy bo‘ldi

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

07:52 / 11.05.2025