Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aguero yo‘l-transport hodisasiga uchradi
Argentina terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi hujumchisi Serxio Aguero Niderlandiyada ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohat oldi. Goal internet nashrining Argentinadagi manbalarga asosan xabar berishicha, forvard Amsterdamga kolumbiyalik qo‘shiqchi Malumaning konsertida ishtirok etish uchun yo‘l olgan. Musiqachining dasturidan so‘ng u aeroportga borish uchun o‘tirgan taksi ustunga kelib urildi.
Xabar qilinishicha, o‘yinchi xavfsizlik kamarlaridan foydalangan, biroq qovurg‘alaridan baribir jarohat olgan.
Agueroning jarohati qay darajada ekani haqidagi ma'lumot hozircha yo‘q. Bu haqda «Manchester Siti» va Argentina terma jamoasi ham rasmiy bayonot bermadi.
Mavzuga oid
16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi
13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?
11:47 / 16.02.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» o‘yinida mojaro. Kun o‘yinlari
20:44 / 08.02.2025