Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vazirligi ochiq muloqoti: «O‘zbekkonsert» tomonidan odob-axloq yo‘riqnomasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, madaniyat vazirligi rahbar va mas'ullari ishtirokida tizimdagi yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi uchrashuv mumtoz qo‘shiq, zamonaviy va milliy estrada, opera yo‘nalishida yakkaxon hamda jamoa shaklida ijod qilayotgan yosh ijrochilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va vazirlikning tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etdilar, deb xabar beradi KUN.UZ’ga madaniyat vazirligi axborot xizmati.

Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga estrada, opera xonandalari, teatrlar aktyorlari, mumtoz qo‘shiq ijrochilari tomonidan chet elda bo‘ladigan tanlovlarda ishtirok etish, san'atkorlarning mualliflik huquqini himoya qilish, xonandalarning o‘z ijod mahsullarini televideniye orqali efirga uzatishning moliyaviy tomonlarini birmuncha muqobillashtirish, shuningdek, musiqali teatr aktyorlarining musiqiy chiqishlarini televideniye orqali ham efirga uzatish, asarlarni ommaga muntazam yetkazish, estrada san'atini rivojlantirish va yosh iste'dodli xonandalarni kashf etish maqsadida tashkil qilingan, hozirda faoliyatini to‘xtatgan «Botir Zokirov» nomidagi ko‘rik-tanlovni yana qaytadan tashkil qilish, teatrlar va spektakllarni aholi orasida keng targ‘ib qilish yaratilayotgan ijodiy mahsullarni sifatini yanada oshirish haqida savollar, muammolar, takliflar o‘rtaga tashlandi.


Ushbu savol va takliflarga vazir tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amaliyotga tatbiq etilishini ta'kidladi. Barcha ijod ahliga «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan odob-ahloq yo‘riqnomasi ishlab chiqilayotgani aytildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda barcha taklif va muammolar o‘z yechimini topdi, tegishli tizim tashkilotlariga aniq rejalar ishlab chiqish belgilandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025