Sport | 21:00 / 02.10.2017
15144
1 daqiqa o‘qiladi

YeChLning o‘tgan haftadagi eng chiroyli goli aniqlandi

«Real» hujumchisi Garet Beylning «Borussiya» Dortmund (3:1) darvozasiga urgan goli o‘tgan haftada YeChLning eng chiroyli goli deb topildi. UYeFA rasmiy sayti ma'lumotlariga ko‘ra, gol uchun 23% kishilar ovoz bergan

Ikkinchi o‘rinni «Seltik» yarimhimoyachisi Skott Sinkleyrning «Anderlext» (3:0) darvozasiga urgan goli (22% ovoz) egallagan bo‘lsa,«Spartak» xavbeki Fernando «Liverpul» (1:1) darvozasiga urgan goli  (19%) uchinchi o‘rinni band etgan. 

Keyingi o‘rinlarda Edinson Kavani («PSJ», 18%) va Kevin De Bryuyne («Manchester Siti», 17%) o‘rin olgan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid