Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi MIB xodimiga tan jarohati yetkazdi (video)
Inspektor Ilhom Musayev boshchiligidagi Majburiy ijro byurosi xodimlari Sirdaryo viloyati Guliston tumanining Navoiy mahallasida yashovchi fuqaro H.F.Yu.ning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanishdagi qonuniylikni o‘rganish maqsadida borishganida, uy egasi o‘zboshimchalik bilan elektr manbasiga noqonuniy ulanib olganligi ma'lum bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali xabar qilmoqda.
Byuro xodimlari tomonidan voqea yuzasidan bayonnoma tuzilib, noqonuniy ulanishni uzayotgan vaqtda H.F.Yu. davlat xodimlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi, turli haqoratli so‘zlar ishlatib, inspektor I.Musayevga yengil tan jarohati yetkazadi.
Mazkur voqea yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro H.F.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025