O‘zbekiston | 12:00 / 05.10.2017
8799
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun suhbatdan o‘tkazildi

Yuridik xizmat xodimlari lavozimlariga tayinlash uchun kelishildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Adliya vazirligida joriy yilning 19 sentabr kuni Madaniyat vazirligi bosh yuriskonsulti lavozimiga kelishish uchun taqdim etilgan nomzod Mavjuda Radjabova, Xalq ta'limi vazirligi bosh yuriskonsulti lavozimiga Umidjon Avezov, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Shuxrat Saidov va yuridik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Anvarjon Omonov, Davlat soliq qo‘mitasi yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Sanjar Atadjanov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimiga Shuhrat Aripdjanov, Investitsiyalar davlat qo‘mitasi yuriskonsulti lavozimiga Nargizaxon Abduraximova, Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi bosh yuriskonsulti lavozimiga Muqimboy Radjabov, Davlat veterinariya qo‘mitasi davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi bosh yuriskonsulti lavozimiga Kamil Kariyev, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bosh yuriskonsulti lavozimiga Ixtiyor Ko‘ziyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bosh yuriskonsulti lavozimiga Rashid Kaukyshevlarni tavsiya etilgan lavozimga layoqati va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida suhbatdan o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida ularning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha bilimlari o‘rganildi.

Nomzodlarning bilimi, shuningdek ish tajribasi hisobga olinib, ular suhbatdan o‘tgan, deb topildi.

Mavzuga oid