Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vladimirda halok bo‘lganlarning oilalari va jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishga ko‘rsatma berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni Mudofaa vazirligi samolyotida Vatanga qaytarish bo‘yicha hukumat komissiyasini tuzish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston hukumati YTH oqibatida halok bo‘lganlarning oila a'zolari va jabrlanuvchilarga barcha zarur yordamni ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari YTHga uchragan fuqarolarning shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar olib bormoqda.
Ayni vaqtda fojia oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini va omon qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga keltirish uchun maxsus bort Rossiyaga uchib ketdi. Samolyotda bir guruh tibbiyot xodimlari ham jo‘nab ketgan.
Mavzuga oid
11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024