Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar Vladimirdagi YTHda jabrlangan 2 bolaning hayoti uchun kurashmoqda
Ayni paytda Vladimirdagi shifokorlar Rossiyaning ushbu viloyatida ro‘y bergan YTHda jabrlangan ikki yosh bolaning hayoti uchun kurashmoqda. Bu haqda viloyat gubernatori Svetlana Orlova xabar bergan.
6 oktabrga o‘tar kechasi Vladimir viloyatining Petushinskiy tumanida, Pokrovka stansiyasi yaqinidagi temir yo‘l kesishmasida avtobus va "Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod" yo‘nalishidagi poyezd to‘qnashib ketdi. Eng so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 19 kishi halok bo‘ldi, shu jumladan bir bola. Voqea sodir bo‘lganidan keyin besh kishi kasalxonaga olib ketildi, ularning to‘rt nafari jonlantirish bo‘limida.
"So‘nggi ma'lumotlar. Ikki nafar bola – ikki va uch yoshda. Ularni Vladimirga jo‘natib yubordik. Bosh miya jarohati, ichki qon ketishi yo‘q. Shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda. Ikki kishi Petushkidagi shifoxonada, birini Vladimirga olib boramiz. Yana bir insonga yordam ko‘rsatildi, u kasalxonani tark etdi", - deya aytib o‘tgan Orlova "Rossiya 24" telekanali efirida.
Rossiya FVV YTH tufayli og‘ir jarohatlanganlarni olib ketish uchun ikkita Mi-8 vertolyotini tayyorlab qo‘ydi.
Avvalroq Vladimirga qurbonlarning jasadlari va omon qolgan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun maxsus bort yuborilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024