Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: Vladimirda halokatga uchragan o‘zbekistonliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh tuzildi
Vladimirda halokatga uchragan o‘zbekistonliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh tuzildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, guruh malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, anesteziolog, nevrolog kabi mutaxassislardan tarkib topgan. Ular zarur tibbiy vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta'minlangani aytilmoqda.
Ayni vaqtga guruh Rossiya Federatsiyasiga uchib ketishga tayyor holatda. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zaxira o‘rinlari tayyorlandi. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berilgan.
Mavzuga oid
11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024