Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yuridik kollejida qotillik ro‘y berdi: bir o‘quvchi boshqasini pichoqladi
2017 yilning 6 oktabr kuni soat 10:05da, Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent yuridik kolleji hududida, mazkur kollejning 3-bosqich o‘quvchilari – 2000 yilda tug‘ilgan, S.S.S., P.A.N. va 1999 yilda tug‘ilgan Yo.R.Z. o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjallashib, S.S.S. pichoq bilan P.A.N. va Yo.R.Z.larning chap oyoq son qismiga bir martadan urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Natijada P.A.N. “chap son yuqori uchligi sanchilib kesilgan jarohati, faol qon ketishi” tashxisi bilan RShTYoIMga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Yo.R.Z.ga “chap son tashqi yuzasi sanchilib kesilgan jarohati” tashxisi bilan RShTYoIMda ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025