Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: hukumat tez orada qurollar aylanmasini cheklash masalasini o‘rganib chiqadi
AQSh prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, tez orada mamlakat ma'muriyati qurol-yarog‘lar savdosida cheklov joriy qilish masalasini o‘rganib chiqadi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Jurnalistlar Trampning Pentagon rahbariyati bilan uchrashuvida undan "bump stock" yarim avtomat qurollarni amalda avtomatik qurollarga o‘zgartiradigan jihozlarni sotish zarurmi, deb so‘rashga muvaffaq bo‘lishdi.
"Biz buni tez orada o‘rganamiz", — deb javob bergan Tramp.
2 oktabrga o‘tar kechasi Stiven Peddok Las-Vegasda 58 kishini otib o‘ldirgach, o‘z joniga qasd qilgan. Peddok 32 qavatli mehmonxonadan turib, to‘planib turgan 20 ming kishini o‘qqa tutgan. Otishmadan so‘ng, xonada 23 ta o‘qotar qurol topilgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025