Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimirdagi YTHda jabrlanganlar ahvoli og‘irligicha qolmoqda
Vladimir tibbiy muassasalarida poyezd va yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi dahshatli YTH oqibatida jabrlangan uch kishining ahvoli barqaror og‘ir holatda qolmoqda. Juma kuni kechqurun Vladimirdagi tez yordam kasalxonasiga Petushinsk shifoxonasidan bir erkak olib borildi, deya xabar berdi Vladimir viloyati ma'muriyatining sog‘liqni saqlash departamenti direktori Aleksandr Kiryuxin TASS’ga.
"Jabrlanganlarning holati barqaror, og‘ir sifatida baholanmoqda. Viloyat bolalar klinik shifoxonasida bir bola joylashtirildi, Vladimir tez tibbiy yordam kasalxonasida esa ikki erkak bor", - degan Kiryuxin.
Avvalroq Vladimir viloyatida o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan avtobus va poyezd ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 21 nafargacha oshgani xabar berilgandi. Hammasi bo‘lib avtobusda haydovchi bilan birga 58 kishi bo‘lgan.
Shuningdek, YTH oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarni va halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib qaytadigan maxsus samolyot Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi aeroportga qo‘nishi ma'lum qilingandi. Ma'lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtobusda bo‘lganlarning aksar qismi Surxondaryo viloyatidan.
Mavzuga oid
11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024