Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilk iste'molga yaroqli robot yaratildi
Foto: qz.com
Lozannadagi Federal politexnika maktabining Intellektual tizimlar labaratoriyasi (EPFL) olimlari yumshoq robotexnika sohasida sensatsiya hisoblangan robotni yaratdi. U to‘liq iste'molga yaroqli mahsulotlardan tayyorlangan: jyelatin va glitserin. Barcha detallar - manipulyatordan datchiklargacha, batareyalardan tranzistorlargacha - yeyishli. Quartz shu haqida xabar berdi.
Bu kechki ovqatga robotlarni yeyish - yaxshi g‘oya ekanini bildirmaydi, albatta. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi robotning mazasi u qadar yaxshi emas, biroq u tibiy vazifalarni yaxshi uddalamoqda.
Iste'molga yaroqli robotlarning paydo bo‘lishi kelgusida nisbatan kichik o‘lchamlardagi shunday qurilmalarning yaratilishi mumkinligini bildiradi, ular yordamida odam organizmini ichidan davolash imkoni yuzaga keladi. Biroq hozircha robotexnikadagi jyelatinning asosiy vazifasi robot-manipulyator uchun o‘ta yumshoq qisqichlar hisoblanadi.
"Bunday iste'molga yaroqli robotlarning detallari ozuqaviy yoki farmatsevtik komponentlar bilan aralashgan bo‘lishi mumkin, - deydi EPFL tadqiqotchilar guruhi rahbari Dario Floreano. - Eng salohiyatlisi, bizningcha, yeyishli robotlardan organizmning ichki tadqiqotlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish uchun foydalanishdir".
Olimlarning fikricha, yeyishli robotlar odamlarni yetish qiyin bo‘lgan joylardan qutqarishda yordam berishi mumkin, masalan, g‘orlar yoki konlarda. Bundan tashqari, robotlarning alohida qismlari sakkizoqyoqning "qisqichlari"ga o‘xshab avtonom ishlashi mumkin.
Mavzuga oid
22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi
11:24 / 07.04.2025
Kawasaki o‘zining robot otini namoyish etdi. U tog‘larda ham yugura oladi
18:24 / 05.04.2025