Jamiyat | 20:40 / 09.10.2017
16273
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Nijniy Tagildagi suv ombori yashil tusga kirdi

Foto: Andreya Volegova

Rossiyaning Nijniy Tagilidagi Chernoistochinsk suv ombori noma'lum sabablarga ko‘ra yashil tusga kirdi. Nafaqat suv, balki toshlar, qum va qirg‘oqdagi daraxtlar shoxlari ham yashil rangga burkandi.

Ekologik faol Andrey Volegovning aytishicha, Sverdlovsk viloyatidagi suv ombori 8 oktabrda yashil rangga kirgan. Uning ta'kidlashicha, ombordagi suv aholiga va Nijniy Tagildagi korxonalarga yetkaziladi. 

Tuman tabiatni qo‘riqlash prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tergov boshladi. Prokuraturada suvning rangi o‘zgarishi sababini aniqlashmoqchi va shu maqsadda suv omboridan suv namunasi olinmoqchi.

Foto:  Andreya Volegova

Avgustda ham ushbu suv omborida yashil suvo‘tlari gullashi sababli yashil dog‘lar paydo bo‘lgandi. Iyulda esa suv ombori ifloslanishi sababli yuzlab baliqlar nobud bo‘lgandi. 2016 yil dekabrda tabiatni muhofaza qilish vazirligi mahalliy korxonalar sa'y-harakatlari bilan suv omborini "davolash" rejasini e'lon qilgandi. 

Foto:  Andreya Volegova
Foto:  Andreya Volegova

 

Mavzuga oid