Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya o‘zining navigatsiya tizimini yaratish uchun navbatdagi sun'iy yo‘ldoshni uchirdi
Yaponiyaning Kagosima prefekturasida joylashgan Tanegasima kosmodromidan Yaponiya tomondan yuqori aniqlikdagi GPS tizimini yaratish uchun to‘rtinchi raqamli "Mitibiki-4" sun'iy yo‘ldoshi orbitaga uchirildi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, sun'iy yo‘ldosh orbitaga H2A-F36 raketasi yordamida yuborilgan.
Ma'lum qilinishicha, agar sun'iy yo‘ldosh muvaffaqiyatli ishlasa, Yaponiya 2018 yildan AQShning GPS tizimiga qo‘shimcha ravishda o‘zining navigatsiya tizimidan foydalanishni boshlaydi.
Telekanalning eslatishicha, bu seriyadagi avvalgi sun'iy yo‘ldosh 19 avgustda uchirilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025