Jamiyat | 21:43 / 11.10.2017
12287
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

​Toshkentda yoshlarga bepul psixologik seminar-trening tashkil etiladi. Ro‘yxatdan o‘tishga ikki kun qoldi

Foto: Lily Education

Nima bo‘ladi? 

Interfaol uslubda o‘tadigan seminar-treningda quyidagi mavzularda amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi:

"Bir muammoga qayta-qayta duch kelmaslik uchun"

"Xarakterni o‘zgartirish mumkin"

"Omad bor narsami?"

"Kasb tanlashda ikkilanyapsizmi?"

"Do‘stlarim ko‘p bo‘lishini istayman"

"Nega ota-ona va ustozlarni xafa qilmaslik shart?"

Mashg‘ulotlarni kim olib boradi?

Seminar-trening mashg‘ulotlarini "Lily Education" NTM asoschisi, 25 yillik pedagogik tajribaga ega murabbiy Nilufar Haydarova o‘tkazadi. U uzoq yillardan beri o‘quvchi yoshlarning psixologiyasi va ruhiyatiga qiziqib, turli seminar-treninglar tashkil etib kelgan. 

Trening kimlar uchun?

Seminar-treningda 15-20 yoshda bo‘lgan barcha o‘g‘il-qiz qatnashishi mumkin. Mashg‘ulotlar mutlaqo bepul va beg‘araz tashkil etilmoqda.

Qachon va qayerda o‘tkaziladi?

Mazkur psixologik seminar-trening shanba, 14 oktabr kuni soat 17:00da Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan  "Lily Education" NTM​ o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi. Avvaldan joylarni muvofiqlashtirish maqsadida, treningda ishtirok etishni istagan yoshlar shanba, 14 oktabr kuni soat 12:00ga qadar ​o‘quv markazga tashrif buyurib ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi. 

“Lily Education” o‘quv markazi

Manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 144/1
Mo‘ljal: “Novza” metrosi
Telefon: +998 71 278 77 72
Sayt: Liledu.uz
Instagram: http://instagram.com/lily_education
Email: [email protected]

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid