Termizda davlat organlari axborot xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati markazida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklari hamkorligida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, seminarda davlat tuzilmalarining ochiqligi va fuqarolar oldida hisobdorligini ta'minlash, fuqarolar manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yanada samarali faoliyat yuritish uchun ularning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sifati va samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan.
Seminarda, shuningdek, davlat tuzilmalarining ochiqligi va fuqarolar oldida hisobdorligini ta'minlash, fuqarolar manfaatlari va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yanada samarali faoliyat yuritish uchun ularning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sifati va samaradorligini oshirish usullari muhokama etildi.
Mavzuga oid

07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin

17:19 / 13.02.2025
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi

09:09 / 08.01.2025
Termiz aeroportida tuman tufayli ayrim reyslar boshqa aerodromga yo‘naltirildi

17:11 / 16.12.2024