Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Dunyoda 1 milliarddan ortiq qiz bor va ularning barchasi katta salohiyatga ega
Bugungi kunda dunyodagi aksariyat qizlar hayotining dastlabki o‘n yilligida maktabda o‘qib, kerakli emlashlarni olishmoqda va oldingi avlodning qizlariga qaraganda oziq-ovqat hamda sog‘liq muammolaridan kamroq aziyat chekishmoqda. Biroq, ko‘plab qizlar uchun hayotining ikkinchi o‘n yilligi ancha kamroq istiqbolga ega, deb xabar bermoqda BMTning yangiliklar markazi.
Ular har doim ham o‘rta va oliy ma'lumotga ega bo‘la olmaydilar, ba'zida erta yoshda turmushga chiqishga majbur bo‘lishadi, o‘zlarini qanday himoya qilish va istalmagan homiladorlikdan saqlanishni bilmaydilar. Bu haqda BMTdan Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan eslatishdi. U 11 oktabrda nishonlanadi. Kunning maqsadi - butun dunyo bo‘ylab qizlar duch keladigan muammolarga e'tibor berish.
Bu yil Xalqaro qizlar kuni inqirozlarda va ularni bartaraf etishda ularning o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda bir milliarddan ziyod qiz bor, ularning barchasi katta salohiyatga ega - hatto inqirozga uchraganlar ham. Xalqaro hamjamiyatning vazifalaridan biri bu salohiyatlarni rivojlantirish va ulardan foydalanishda yordam berishdir.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025